Londonning “Chelsi” klubi 23 yoshli hujumchi Nikolas Jekson bilan amaldagi shartnomani 2033-yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Bu faqat boshlanishi. “Chelsi” Nikolas Jekson bilan 2033-yilgacha mo’ljallangan yangi shartnoma imzolaganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, – deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, senegallik futbolchi o’tgan yozda “Vilyareal”dan London klubiga ko’chib o’tgandi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 47 ta o’yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.