Ispaniya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo’mitasi “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flikni ikkita o’yinga diskvalifikatsiya qildi.
La Liganing 16-turidan o’rin olgan “Betis”ga qarshi o’yinda (2:2) germaniyalik mutaxassis hakam bilan bahslashgan va buning uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Hakamning hisobotida aytilishicha, Flik “texnik maydonni tark etgani, baqirgani, imo-ishoralar qilgani va qarorlardan biriga norozilik bildirgani uchun” maydondan chetlatilgan.