“Inter Mayami” jamoa himoyachisi Jordi Alba bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Bein Sports xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, tomonlar o’rtasidagi yangi shartnoma kelasi yilning oxirigacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Alba o’tgan mavsum 31 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.