Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o’rin olgan “Atalanta”ga qarshi o’yinning 10-daqiqasida gol urib, hisobni ochdi.
Fransiyalik forvard uchun bu gol Chempionlar ligasidagi 50-gol bo’ldi. Kilianga 50 ta gol urish uchun 79 ta o’yin kerak bo’ldi.
Opta xabariga ko’ra, Mbappe Lionel Messidan keyingi Chempionlar ligasida 50 ta gol urgan ikkinchi eng yosh futbolchi aylandi.
Ma’lumot uchun, Messi 24 yoshu 284 kunligida, Mbappe esa 25 yoshu 356 kunligida ushbu marrani zabt etdi.