Angliya Premyer-ligasi 3-turida “Nyukasl” va “Tottenhem” o’zaro to’qnash keldi. Yakunda mezbonlar 2:1 hisobida g’alaba qozondi.
Ikkinchi bo’lim o’rtalarida yarim himoyachi Sandro Tonali Shon Longstaff o’rniga maydonga tushdi. U APL’da oxirgi bor 2023-yil 21-oktyabr kuni o’ynagandi.
Eslatib o’tamiz, Sandro Tonali diskvalifikatsiya sabab uzoq muddat maydonga tusha olmadi.
Futbolchi totalizator bilan bog’liq qoidalarni buzganligi sabab futboldan chetlashtirilgandi.