Madridning “Real” klubi La Liganing 19-turida “Atletik Bilbao”ga imkoniyatni boy berdi (2:1). Bu “Qirollik klubi”ning joriy mavsumdagi beshinchi mag’lubiyati bo’ldi.
Opta Sport xabariga ko’ra, Madrid grandi Karlo Anchelotti qo’l ostida mavsumning birinchi qismidagi mag’lubiyatlar soni bo’yicha so’nggi besh mavsumdagi klub antirekordini takrorladi.
Bundan avvalgi eng yomon natija 2020/2021-yilgi mavsumda qayd etilgandi (5 ta mag’lubiyat).
Eslatib o’tamiz, avvalroq “qaymoqranglilar” “Liverpul” (0:2), “Milan” (1:3), “Barselona” (0:4) va “Lill”ga (0:1) imkoniyatni boy bergandi.
Ma’lumot uchun, “Real” ayni dam La Liga turnir jadvalida 33 ochko bilan ikkinchi o’rinda bormoqda.