Angliya Premyer-ligasi 14-turida “Liverpul” va “Nyukasl” o’zaro bahs olib bordi va yakunda tomonlar 3:3 hisobida durangga imzo chekdi.
Uchrashuvda mersisaydliklar hujumchisi Muhammad Saloh dubl qayd etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu tariqa, misrlik forvard gol+pas tizimi bo’yicha APL’ning mutlaq rekordini o’rnatdi. U jami 37 ta o’yinda gol va assist muallifiga aylandi.
Bundan avvalgi rekord Ueyn Runiga tegishli edi. Runi jami 36 ta o’yinda gol va assist qayd etgandi.
Qizig’i shundaki, Saloh bunday natijaga erishish uchun Runidan 214 ta o’yin kam o’tkazdi.