O‘zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov 29-fevral kuni tavallud topgan. Bu sana taqvimda faqat kabisa yillarida bor, shuning uchun Husanov 1-mart kuni tabriklarni ko‘proq qabul qiladi.
“Manchester Siti” o‘z futbolchisiga 21 yoshga to‘lishi munosabati bilan murojaat qildi.
“Himoya qilish uchun tug‘ilgan. Tug‘ilgan kuning muborak, Abduqodir!”, – deyiladi “Manchester Siti” xabarida.
Xabaringiz bor, Abduqodir Husanov qishki transferlar davrida “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘shandan beri hamyurtimiz oltita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol ham urgan.