Og’ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons o’z hamyurti Kolbi Kovingtonni masxara qildi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Kovington Tampadagi turnirda Xoakin Bakliga mag’lub bo’lgandi. Shundan so’ng Kovington jang oldidan ko’p mashq qilmaganini, chunki Donald Trampga prezidentlik kompaniyasida yordam berganini aytdi.
“Kolbi Kovingtonni Prezident Tramp sabab mashg’ulotlarni o’tkazib yuborgani bilan tabriklayman. Biz hammamiz uning qurbonligini qadrlaymiz. Hech bo’lmaganda Donald mening g’alabamni to’g’ridan-to’g’ri kuzatdi.
Mening eng sevimli narsam: Kolbining mag’lub bo’lganidan so’ng yangi bahonalar bilan kelishini tomosha qilish.
Kovingtonga e’tibor bermaslik mumkinligini bilaman, lekin bu juda qiziqarli. Siz yomon ko’radigan odamning muntazam ravishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko’rish zavq bag’ishlaydi”, – deydi Jons ijtimoiy tarmoqlarda.