Og’ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall og’ir vazn toifasidagi amaldagi chempion Jon Jonsni jangga chorladi.
“Men dunyodagi eng yaxshi og’ir vazn toifasidagi jangchiman. Agar bu yolg’on bo’lsa, Jon, buni isbotlang. Shaxsiy adovatim yo’q. Hech kimga nafratim ham yo’q. Keling, shunchaki bu masalani hal qilaylik”, – deydi Tom Aspinall.
Eslatib o’tamiz, bugun bo’lib o’tgan UFC 304 turnirida Aspinall amerikalik jangchi Kertis Bleydsni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, vaqtinchalik chempionlik unvonini himoya qildi.