Toshkent vaqti bilan 28-iyul tonggida UFC 304 turniri bo’lib o’tadi. Asosiy kardda yarim o’rta vazn toifasida UFC chempioni Leon Edvards va Bilol Muhammad oktagonga ko’tariladi.
Jangchilar tasodifan mehmonxona liftida to’qnash kelib qolishdi. Muhammad va uning jamoasini lift ichida ko’rgan Edvards va uning jamoasi boshqa liftni kutib o’tirmay to’g’ridan-to’g’ri ichkariga kirishdi.
O’rtada biroz noqulay muhit yuzaga keldi. Biroq bir necha so’z almashilgan bo’lsa-da, jamoalar liftdan chiqqunga qadar vaziyat qiziqish ketmadi.
Men uchinchi qavatga chiqayotgan edim, lift ochildi va u shu yerda, ro’paramda turardi. O’ylashimcha, u hayolida meni liftga kirmaydi deb o’ylagan. Shuning uchun men to’g’ridan-to’g’ri liftga kirib, “3-sonni bosing” dedim va shunday ham bo’ldi – dedi Edvards UFC 304 media kunida.
Ma’lumot uchun, UFC 304 turniri 28-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 3:00da start oladi. Asosiy kardda Leon Edvards chempionlik unvonini himoya qiladi.