“Roma” klubi hujumchisi Artyom Dovbik yozgi transferlar vaqtida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Bu haqda Calcio in Pillole xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, ukrainalik futbolchi rimliklarning yangi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperinining rejalariga kiritilmagan. Dovbik allaqachon transferga qo’yilgani xabar qilinmoqda.
Qayd etilishicha, Gasperini o’z hujumchilaridan yuqori bosim yaratishni, harakatchan bo’lishni va o’yin davomida bir joyda turmasligini istaydi. Jamoadagi o’rnini saqlab qolish uchun Dovbikka mana shu fazilatlar yetishmaydi.
Ma’lumot uchun, Dovbik o’tgan mavsum A Seriyada 32 ta o’yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.