Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Kenan Yildiz faoliyatini boshqa bir top-klubda davom ettirishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko’ra, Yildizga “Man. Yunayted”, “Arsenal”, “Liverpul” va PSJ qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, “Man. Yunayted” yarim himoya chizig’ini mustahkamlashga qaror qilgan va ushbu pozitsiya uchun asosiy nomzod sifatida Yildizga e’tibor qaratgan.
Biroq, hozirgi vaziyatga ko’ra, Kenan katta ehtimol bilan kelasi mavsumni ham “Yuventus”da o’tkazishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Yildiz joriy mavsum A Seriyada 14 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.