Londonning “Arsenal” klubi “Ayaks”ning 19 yoshli himoyachisi Jorrel Xatoni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Xatoga qiziqayotgan yolg’iz “Arsenal” emas. Gollandiyalik futbolchiga, shuningdek, “Liverpul”, “Real”, “Chelsi” va “Milan” ham da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jorrel Xato Gollandiya terma jamoasi safida jami 6 ta o’yin o’tkazib, bitta golga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.