“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand “shaharliklar”ning muvaffaqiyatsiz o’yinlari haqida gapirdi.
Eslatib o’tamiz, Pep Gvardiola shogirdlari so’nggi yettita o’yinda olti marta mag’lub bo’ldi va bitta o’yinda durang natija qayd etdi.
“Biz yaxshiroq vaqtlarni ko’rdik va ularni yana ko’ramiz. Biz ishonishda davom etamiz”, – deydi Holand X ijtimoiy tarmog’ida.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 13-turdan so’ng 23 ochko bilan 5-o’rinda bormoqda. Klub navbatdagi o’yinini 4-dekabr kuni “Nottingem Forest”ga qarshi o’tkazadi.
