“Vulverxempton” hujumchisi Mateus Kunya “Manchester Yunayted”ning yana bir patensial transfer maqsadlaridan hisoblanadi.
Jurnalist Grem Beyli xabariga ko’ra, mankunianliklar 25 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi harakatlarini kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Kunya joriy mavsum APL’da 12 ta uchrashuv o’tkazib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.