Germaniya Bundesligasi 12-turidan o’rin olgan Dortmundning “Borussiya”siga qarshi (1:1) o’yinning birinchi bo’limida jarohat olgan “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn kamiga ikki hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 31 yoshli futbolchi son mushaklarini shikastlab olgan. Rebilitatsiya qilingan taqdirda Keyn Bundesliganing 15-turidan o’rin olgan “Leypsig”ga qarshi o’yinda ishtirok etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Harri Keyn joriy mavsum barcha turnirlarda 19 ta o’yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.