Goal nashri 2025-yilgi “Oltin to’p” sovriniga asosiy da’vogarlarning yangi ro’yxatini e’lon qildi.
E’tiborli tomoni shundaki, Chempionlar Ligasi finalida o’ynagan “Inter”ning bironta futbolchisi kuchli o’ntalikka kiritilmadi. PSJ’ning esa to’rt nafar o’yinchisi ushbu ro’yxatdan o’rin oldi.
“Oltin to’p”ga da’vogarlar reytingi (top-10):
1. Usmon Dembele (PSJ).
2. Lamin Yamal (“Barselona”).
3. Rafinya (“Barselona”).
4. Muhammad Saloh (“Liverpul”).
5. Kilian Mbappe (“Real Madrid”).
6. Desire Due (PSJ).
7. Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ).
8. Ashraf Hakimi (PSJ).
9. Pedri (“Barselona”).
10. Harri Keyn (“Bavariya”).
Ma’lumot uchun, yangilangan reytingning top-10 taligidan PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma, “Inter” hujumchisi Lautaro Martines va “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski tushib qoldi.