Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar mavsum o’xirigacha riyodliklar safida qoladi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Saudiya klubi Neymarni joriy mavsumning ikkinchi yarmi uchun jamoa tarkibiga qo’shishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, braziliyalik forvard transferga qo’yiladigan markaziy himoyachi Kalidu Kulibali o’rnini egallaydi.
Ma’lumot uchun, Neymar Saudiya chempionatining joriy mavsumida bironta ham o’yin o’tkazmadi. Tomonlar o’rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.