O’n kun muqaddam “Real Madrid” tarkibiga kelib qo’shilgan Kilian Mbappe hali maydonga tushmay turib, bir ko’rsatkich bo’yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Gap shundaki, fransuzning ismi tushirilgan futbolkalar rekord darajada sotilib, “Real”ning bu borada rekordini yangiladi.
Mbappening futbolkalari kuniga 7 mingtadan ko’proq sotilmoqda. Madrid klubining avvalgi rekordi Ronalduga tegishli bo’lib, uning “Real”dagi futbolkalari 2010-yilda kuniga 5 mingdan ziyod sotilgan.
Hozirda Mbappe bir kunda dunyodagi eng ko’p liboslari sotilgan futbolchilar orasida uchinchi o’rinni egallab turibdi.
Ikkinchi o’rin esa Ronalduga tegishli. Uning 2018-yilda “Yuventus”dagi futbolkalari bir kunda 9 mingdan ziyod sotilgan.
Birinchi o’rin Lionel Messiga tegishli. Uning 2021-yil PSJ safidagi liboslari kuniga 12 mingdan ko’proq sotilgan. Bu hozircha dunyo rekordi hisoblanadi.