UFC’da 16 yil davomida ishtirok etgan afsona Mett Braun Konor MakGregorga qanday qilib o’z obrosini saqlab qolishi haqida maslahat berdi.
Eslatib o’tamiz, MakGregor jinsiy zo’ravonlikda aybdor deb topildi va bu holat MMA olamida ko’pchilik tomonidan qoralandi. Shuningdek, bir qancha brendlar u bilan hamkorlikni to’xtatdi.
“Menimcha, bu tuzatib bo’lmaydigan holat emas, lekin u buni o’zi qilishi kerak. Bunday vaziyatda uni hech kim qutqara olmaydi.
U to’g’ri yo’lni tanlashi kerak. Tungi klublar, ichkilik va boshqa yomon illatlardan uzoqlashib, sport zaliga qaytishi lozim. Balki u endi jang qilmoqchi emasdir, lekin u vaziyatni o’zi hal qilishi mumkin.
Agar u ommaga chiqib: “Men saboq chiqardim va o’zimni boshqa bunday vaziyatlarga qo’ymayman, men oilamga e’tibor qarataman…” deb aytsa, o’ylashimcha, hammasi yaxshi bo’ladi.
Biz Konor buni qilishini xohlaymiz, lekin hammasi uning qo’lida. Bu o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi”, – deydi Braun.