“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa muxlislariga murojaat bilan chiqdi.
“Odamlar mening ismimni aytishlari o’zimga yoqmaydi. Lekin men jamoa murabbiyi bo’lganim uchun muxlislar bunga haqli.
Bu muxlislar bilan bog’liqligini his qilyapman, lekin ular ko’proq futbolchilarning ismlarini aytgani ma’qul”, – deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o’tamiz, Amorim joriy yilning noyabr oyida “Manchester Yunayted” boshqaruviga keldi. Tomonlar o’rtasida 2027-yilga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolandi.