San-Marino terma jamoasi “Manchester Siti”ning ketma-ket beshinchi mag’lubiyatidan so’ng ijtimoiy tarmoqlarda “shaharliklar”ni masxara qildi.
Angliya Premyer-ligasining 12-turida manchesterliklar o’z maydonida “Tottenhem”ni qabul qildi va yirik 0:4 hisobida mag’lubiyatga uchradi.
“Salom. Iltimos, bizga qarshi o’ynang. Biz sizni albatta mag’lub etamiz”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 23 ochko bilan 2-o’rinda bormoqda. Pep Gvardiola shogirdlari chempionat doirasidagi navbatdagi o’yinini Premyer-liga peshqadami “Liverpul”ga qarshi o’tkazadi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq San-Marino terma jamoasi o’z tarixida birinchi bor rasmiy o’yinda uchta gol urishga muvaffaq bo’lgandi. Bu hodisa Lixtenshteynga qarshi bahsda sodir bo’ldi (3:1).