Ispaniya La Ligasining 15-turidan o’rin olgan bahsda Madridning “Real” klubi o’z maydonida “Xetafe”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g’alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Jud Bellingem va Kilian Mbappe mualliflik qildi.
O’yindan so’ng Bellingem ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Angliyalik futbolchi uchrashuvdan olingan bir nechta fotosuratlarni joylashtirdi va uchta so’zdan iborat izoh yozdi: “Juda muhim g’alaba”.
Vinisius esa Bellingemga yuzlanib, uning postiga quyidagicha komment yozdi: “Qanday o’yinchi!”.
Eslatib o’tamiz, Vinisius Junior jarohati sabab “Xetafe”ga qarshi o’yinni o’tkazib yubordi.