Turinning “Yuventus” klubi “Portu” vingeri Venderson Galenoni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Calciomercato nashrining xabariga ko’ra, turinliklar buning evaziga himoyachi Tiago Jaloni taklif qilmoqda.
Shuningdek, “Roma” ham Galeno bo’yicha taklif bilan chiqqan, “Portu” esa 26 yoshli braziliyalik vingerni 30 million yevroga sotishga tayyorligini bildirgan.