“Manchester Siti” markaziy himoyachisi Ruben Diash jamoaning yomon natijalari fonida muxlislarga murojaat qildi.
“Muxlislarimizga aytadigan gapim shundaki, tashqaridagi gap so’zlarga e’tibor bermang. O’z suyuklilaringizni qo’llab-quvvatlang. Futbolda har doim turlicha fikrlar bo’ladi, lekin siz doimo o’z jamoangizni himoya qilishingiz kerak.
Biz butun dunyoga qarshi chiqishga qodirmiz, kerak bo’lsa, bitta jamoa, bitta klub, bitta loyiha va bitta orzu uchun kurashamiz. Biz birga ekanmiz, har doim yo’l topamiz, chunki oxir-oqibat hamma narsa o’zgaradi, yorug’lik doimo g’alaba qozonadi”, – deb yozdi Diash ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o’tamiz, “Man. Siti” “Liverpul”ga qarshi o’yinda APL’dagi o’zining ketma-ket to’rtinchi mag’lubiyatini qabul qilib oldi (2:0). “Shaharliklar” oltita o’yindan beri g’alaba qozona olmayapti.