Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. Bu haqda u o’z instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Avvalroq matbuotda Noyer JCh-2026gacha Germaniya terma jamoasida qolish niyatida ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
Eslatib o’tamiz, Manuel Noyer 2009-yilda terma jamoada debyut qilgan. Shu vaqtga qadar kiper jami 124 ta o’yinda maydonga tushgan.