“Barselona” vingeri Lamin Yamal yozda kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, tomonlar bitimni 2030-yilga qadar uzaytirishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, Yamalning agenti Xorxe Mendesh va klub prezidenti Xuan Laporta o’rtasida Lissabonda uchrashuv o’tkaziladi. Bu 5-mart kuni YChL doirasidan o’rin olgan “Benfika” – “Barselona” o’yin kuniga to’g’ri keladi.
Ma’lumot uchun, Yamalning hozirgi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.