“Manchester Yunayted” himoyachisi Diogo Dalot faoliyatini Ispaniyaning top-klubida davom ettirishi mumkin.
Relevo xabariga ko’ra, portugaliyalik futbolchiga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. “Qirollik klubi” allaqachon Dalotga so’rov yuborgan. Transfer narxi esa taxminan 50 million yevro bo’lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum klub safida 13 ta o’yin o’tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning mankunianliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.