Xabaringiz bor, “Parij-2024” olimpiadasidan so‘ng Toshkentning “Olimpik” klubi bosh murabbiyi Temur Kapadze jamoadan ketgan va jamoa taqdiri so‘roq ostida qolayotgandi.
O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov jurnalist Jaloliddin Qobiljonov loyihasida ma’lum qilishicha, “Olimpik” yopilib ketmaydi.
Vitse-prezidentning ma’lum qilishicha, ayni kunlarda O‘FA tomonidan Respublika futbol akademiyasini tashkil etish bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqilmoqda. Kelgusida ushbu akademiya tarbiyalanuvchilari milliy chempionatlarimizda “Olimpik” klubi sharafini himoya qiladi.
Shuningdek, ushbu akademiya iqtidorli futbolchilarni yetishtirib, xorij va o‘zbek klublariga transfer ishlarini ham amalga oshiradi.