Britaniyaning nufuzli Give me Sport nashri futbol tarixidagi eng yaxshi driblingchilar reytingini e’lon qildi.
Ro’yxatning birinchi o’rnini afsonaviy braziliyalik vinger Garrincha egalladi. Ikkinchi o’ringa Messi loyiq deb topildi, kuchli uchlikni esa Diyego Maradona yakunlab berdi.
Shuningdek, “Man. Yunayted” afsonasi Jorj Best to’rtinchi, “Oltin to’p”ning uch karra sohibi Yoxan Kroyff esa beshinchi o’rinni band etdi.
Ronadinyo reytingda oltinchi, Neymar to’qqizinchi o’rinda qayd etildi. Krishtianu Ronaldu esa top-11’talikka ham kira olmadi.
