Italiyalik mutaxassis Simone Inzagi nega “Inter” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqani ma’lum bo’ldi. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Inzagi Chempionlar Ligasi finalida PSJ’dan uchralgan yirik mag’lubiyatdan so’ng (5:0) klub rahbariyati bilan uchrashgan va endi jamoani boshqarishga kuchi qolmaganini aytgan.
“Men boshqa davom eta olmayman, charchadim, bu yerdagi siklim o’z nihoyasiga yetdi, deb o’ylayman”, – deydi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Inzagi 2021-yildan buyon “Inter”ni boshqarib kelayotgan edi. Bu davr ichida u “neradzurrilar” bilan oltita sovrin qo’lga kiritdi. U shuningdek, jamoani uch yil ichida ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqdi.
49 yoshli mutaxassis hozirda Saudiyaning “Al-Hilol” klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Xabarlarga ko’ra, tomonlar ikki yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.