Yarim o’rta vazn toifasida qozog’istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonov UFC 310 kechasida bo’lib o’tadigan Ian Garriga qarshi jangi haqida fikr bildirdi.
“Men o’zimni tayyorgarlikdan o’tgan jangchi deb hisoblayman, lekin yanada yaxshilanishim kerak. Sport bir joyda turmaydi, shuning uchun barcha sohalarda mahoratni rivojlantirish lozim.
Men bu diviziondagi har bir jangchi uchun muammoman. Men texnik jihatdan juda kuchliman. Men qafasga kirib, UFC 310 dagi ishimni bajaraman”, – deydi Rahmonov.
Eslatib o’tamiz, Shavkat Rahmonov va Ian Garri o’rtasidagi jang 8-dekabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC kechasida bo’lib o’tadi.