Butunjahon boks tashkiloti (WBO) noyabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Supero’rta vazndagi bokschimiz Isroil Madrimov ilk bor WBO reytingidan o’rin egalladi va 10-o’ringa joylashtirildi.
Bokschilarimizning reytingdagi yangi o’rinlari quyidagicha:
Olimjon Nazarov (o’ta yengil vazn toifasi) o’tgan oydagidan 2 pog’ona yuqorilab, 2-o’rinni egalladi;
Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn toifasi) o’tgan oydagi kabi 5-o’rinni egalladi;
Shahram G’iyosov (yarim o’rta vazn toifasi) o’tgan oydagi singari vazn peshqadami;
Isroil Madrimov (supero’rta vazn toifasi) 10-o’ringa joylashtirildi;
Bektemir Meliqo’ziyev (supero’rta vazn toifasi) o’tgan oydagidan 2 pog’ona yuqorilab, 9-o’ringa joylashdi.
