Yengil vazn toifasida WBA kamari sohibi Jervonta Devis qancha pul taklif qilinsa Rayan Garsiyaga qarshi ringga ko’tarilishga tayyor ekanligini aytdi.
“Men unga yana soliq solaman. Janoblar, menga 150 million dollar berishlarini ayting, agar men bir qop pulni ko’rsam, jang qilaman”, – deydi Devis.
Eslatib o’tamiz, Jervonta Devis va Rayan Garsiya o’rtasidagi dastlabki jang 2023-yilning aprel oyida bo’lib o’tgan va unda Devis 7-raundda nokaut evaziga g’alaba qozongan.