Los-Anjelesdagi “BMO Stadium”da katta professional boks oqshomi o‘z yakuniga yetdi.
Kechaning markaziy jangida bokschimiz Isroil Madrimov uchta vazn toifasida jahon chempioni, vazn toifasidan qat’i nazar P4P reytingi yetakchisi, amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarildi.
12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Bokschimiz jangni ajoyib o‘tkazdi. Ammo yakunda Terens Krouford ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.
Bu orqali Krouford WBA kamarini qo‘lga kiritdi.