Ikkinchi eng yengil vaznda mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue (29-0, 26 KO) hamda amerikalik Ramon Kardenas (26-1, 14 KO) o‘rtasidagi jang rasman e’lon qilindi.
Chempionlik jangi 4-may kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida bo‘lib o‘tadi. Bu Inouening 2021-yildan beri AQSHdagi ilk jangi bo‘ladi.
Naoya ushbu jangda g‘alaba qozongan taqdirda sentyabr oyida Yaponiyada WBA Interim chempioni, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash keladi.
