Myunxenning “Bavariya” klubi “Milan”ning 27 yoshli chap qanot himoyachisi Teo Ernandes va “Leypsig”ning 26 yoshli qanot himoyachisi David Raumni Alfonso Devisning o’rniga muqobil variant sifatida ko’rib chiqmoqda. Bu haqda Florian Plottenberg xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Bavariya”ning hozirgi kundagi ustuvor vazifasi kanadalik futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishdir.
Avvalroq, OAV’da Devis o’ziga qiziqish bildirayotgan “Real” safiga o’tmoqchiligi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, Alfonso Devisning myunxenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.