Kataloniyaning “Barselona” klubi Chempionlar Ligasi chorak finalida Dortmundning “Borussiya”sini ikki o’yin natijasiga ko’ra 5:3 hisobida mag’lub etdi va yarim finalga yo’llanma oldi.
O’yindan so’ng ikki klubi X ijtimoiy tarmog’ida bir-birlariga omad tiladi.
“Siz bizga qarshi o’yinda jiddiy qiyinchilik tug’dirdingiz, yaxshi raqobat bo’ldi. Mavsumning qolgan qismida omad tilaymiz, keyingi safar ko’rishguncha”, – deb post qoldirdi kataloniyaliklar.
“Endi bu turnirda g’alaba qozoning!”, – deb unga izoh qoldirdi Dortmund klubi.
Eslatib o’tamiz, tomonlar o’rtasidagi dastlabki bahs 4:0 hisobida “Barselona” foydasiga hal bo’lgan. Ikkinchi o’yinda esa “Borussiya” 3:1 hisobida g’alaba qozondi (umumiy 5:3).