Bilbaoning “Atletik” klubi vingeri Niko Uilyams yozgi transferlar bozorida eng ko’p muhokamalarga sabab bo’layotgan futbolchi hisoblanadi. Hozirda unga “Barselona” va PSJ klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Sport nashrining xabariga ko’ra, Uilyams “Atletik” mashg’ulotlariga rejalashtirilgan kundan bir hafta oldin qaytgan. Bunga esa matbuotda 22 yoshli yarim himoyachining Bilbaoda qolishni istayotganiga ishora sifatida qaralmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “Atletik” Uilyamsni 58 million yevroga sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.