Madridning “Atletiko” klubi “Vilyareal” hujumchisi Aleksandr Serlot transferi ustida ish olib bormoqda.
AS nashrining xabariga ko’ra, Serlot allaqachon ushbu transferga rozi bo’lgan. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 38 million yevro etib belgilangan. Madriddan kelgan birinchi taklif talab qilingan summadan unchalik kam bo’lmagan. Shuning uchun klublar yaqin soatlar ichida kelishuvga erishishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Serlot o’tgan mavsum La Ligada 34 ta o’yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va to’purarlar jadvalida ikkinchi o’rindan joy oldi.