Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) noyabr oyi uchun milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko’ra, O’zbekiston milliy terma jamoasi o’tgan oyda bo’lgani singari 58-o’rinda qayd etildi. Shuningdek, termamiz 1424,93 ochko bilan Osiyoning 7-jamoasi bo’lib turibdi.
Reytingning eng yuqori o’rnidan amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi joy olgan. Keyingi o’rinlarni Fransiya va Ispaniya jamoalari band etgan.
Ma’lumot uchun, O’zbekiston milliy terma jamoasi o’zining navbatdagi uchrashuvini kelasi yilning mart oyida o’tkazadi. 20-mart sanasiga belgilangan o’yinda O’zbekiston o’z uyida Qirg’izistonni qabul qiladi.