Fransiyaning PSJ klubi qanot hujumchisi Usmon Dembele jamoaning yaqin kelajakda sotilishi mumkin bo’lgan futbolchilari ro’yxatiga kiritildi.
Todofichajes xabariga ko’ra, Dembele PSJ rahbariyati ishonchini oqlay olmadi va yuqori saviyada barqaror o’yin namoyish qila olmadi. Ko’pincha maydonda yo’qolib qoldi.
Qayd etilishicha, Parij klubi bosh murabbiyi Luis Enrike rahbariyatning ushbu qaroridan xabardor va hatto buni qo’llab-quvvatlaydi. Liga 1 grandi Dembeleni Angliya yoki Saudiyaga sotishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Dembelening PSJ bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.