“Manchester Siti” qishki transferlar oynasining yakunida yarim himoyachi Niko Gonsalesni o’z safiga qo’shib oldi. Ushbu futbolchi jarohat olgan Rodrining o’rnini bosish uchun olib kelindi.
Transfer News Live xabariga ko’ra, “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Barselona”ning yana bir sobiq futbolchisi Serxio Busketsni xarid qilishga urinib ko’rgan.
Manbaga ko’ra, Buskets “Manchester Siti”ga mavsum so’nggiga qadar ijara asosida olib kelinishi rejalashtirilgandi, biroq “Inter Mayami”ning 36 yoshli futbolchisi ushbu taklifga rad javobini berdi.