Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Yevropa Ligasining umumiy bosqichini mag’lubiyatsiz yakunlagan yagona jamoa bo’ldi.
Mankunianliklar 8 ta tur davomida 5 ta g’alaba va 3 ta durang qayd etib, 18 ochko jamg’arishdi. Ammo MYU yakuniy turnir jadvalida 3-o’rindan joy oldi. Birinchi va ikkinchi o’rinni 19 ochko bilan “Latsio” va “Atletik” bo’lishib oldi.
E’tiborli jihati shundaki, “Manchester Yunayted” turnirni ketma-ket uchta durang bilan boshladi va guruh bosqichini beshta o’yindan iborat g’alabali seriya bilan yakunladi.