26-noyabrdan 27-noyabrgacha Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o’rin olgan 18 ta o’yin bo’lib o’tdi va unda jamoalar 67 ta gol urishga muvaffaq bo’lishdi.
UEFA matbuot xizmati xabariga ko’ra, bu ko’rsatkich turnir tarixidagi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord 2000/2001-yilgi mavsumda YChL’ning 1-turida o’rnatilgan. O’shanda 16 ta o’yin davomida 63 ta gol urilgan.
Shuningdek, 26-noyabr kuni 5-turning dastlabki 9 ta o’yinida 44 ta gol urildi va bu turnir tarixidagi bir o’yin kunidagi ikkinchi eng yuqori ko’rsatkich sanaladi.
Ma’lumot uchun, ayni damda “Liverpul” YChL turnir jadvalida 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Inter” va “Barselona” esa 12 ochko bilan mos ravishda ikkinchi va uchinchi o’rinni bo’lishib turibdi.