Gollandiyalik mutaxassis Rud van Nistelroy tez orada “Lester” bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “tulkilar” rahbariyati murabbiy bilan muzokaralar olib borgan va 30-noyabr kuni “Brentford”ga qarshi o’yin oldidan uni bu lavozimga tayinlashga tayyor.
Qayd etilishicha, “Lester” Grem Potter va Devid Moyes nomzodlarini ro’yxatdan chiqarib tashlagan. Klub boshqa variantlarni ham ko’rib chiqishi mumkin, ammo van Nistelroyning nomzodi bilan kifoyalanish ehtimoli yuqori.
Eslatib o’tamiz, Rud van Nistelroy Ruben Amorim “Manchester Yunayted” boshqaruviga kelgunicha jamoaning to’rtta o’yinida bosh murabbiy sifatida ishlagan.