TNT Sports portali 2025-yilgi “Oltin to’p” sovrini uchun asosiy da’vogarlar ro’yxatini e’lon qildi.
Unga ko’ra, birinchi o’rinni PSJ yarim himoyachisi Vitinya egallab turibdi. Uning jamoadoshi Usmon Dembele ikkinchi, “Barselona” vingeri Lamin Yamal esa uchinchi o’ringa tushib ketdi.
“Oltin to’p” uchun da’vogarlarning top-10 taligi quyidagicha:
1. Vitinya (PSJ)
2. Usmon Dembele (PSJ)
3. Lamin Yamal (“Barselona”)
4. Rafinya (“Barselona”)
5. Nuno Mendesh (PSJ)
6. Ashraf Hakimi (PSJ)
7. Muhammad Saloh (“Liverpul”)
8. Janluiji Donnarumma (PSJ)
9. Kilian Mbappe (“Real”)
10. Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ)