Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich yozda jamoani tark etadi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 39 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Qirollik klubi” bilan shartnomasini uzaytirmaydi.
Qayd etilishicha, Modrich klub bilan yangi bitim imzolashni juda xohlagan edi, biroq rahbariyat bundan bosh tortdi.
Eslatib o’tamiz, Luka Modrich 2012-yilda “Tottenhem”da 35 million yevroga sotib olingandi.