“Inter Mayami” hujumchisi Luis Suarez jamoasi bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz uchun oiladek bo’lib qolgan bu ajoyib muxlislar bilan yana bir yil birga bo’lishdan juda xursandman va hayajondaman.
Biz ular bilan aloqamiz borligini his qilyapmiz, umid qilamanki, kelasi yil jamoa ularga yanada ko’proq quvonch keltiradi”, – deydi urugvaylik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Suares “Inter Mayami” safida jami 37 ta o’yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.